Toshkentning Pahtakori kuchayishda davom etmoqda. Bunga UPL muxbiri xabar bermoqda.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, poytaxt klubi nigeriyalik futbolchi Benjamin Teidini imzolashga yaqin. 30 yoshli himoya o'yinchisi hozirda gruzin klubi Saburtalo uchun maydonga tushmoqda. O'yinchi klub tarkibida Gruziya chempioni bo'lgan.
Teidining bozor qiymati 150,000 evro deb baholanmoqda. O'yinchi hech qachon Nigeriya terma jamoasida o'ynamagan. Futbolchi karerasining ko'p qismini Gruziyada o'tkazgan.