Qirg‘iziston terma jamoasi va Samarqandning Dinamo jamoasining futbolchisi Jo‘el Kojo o‘z yurtida eng yaxshisi deb topildi. Bu haqda UPL muxbiri xabar bermoqda.
Kojo 2024 yil uchun Qirg‘izistonning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. U Qirg‘iziston terma jamoasida 14 o‘yinda 7 ta gol urdi.
Shuni ta'kidlash kerakki, O‘zbekiston Superligasida Kojo eng yaxshi xorijiy futbolchi unvoniga ham da'vogarlik qildi. Dinamo jamoasi uchun u 24 o‘yinda 8 ta gol urdi.