Xususan, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga tadbirkorlik faoliyatini olib borish taqiqlanadi. Ularga shuningdek, o'z xizmat vazifalarini bajarish yoki bajarmasliklari evaziga jismoniy va yuridik shaxslardan hech qanday mukofot, foyda yoki sovg'a olish taqiqlanadi.
Bundan tashqari, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o'z xizmat mavqeidan kelib chiqib qonun bilan ko'zda tutilmagan imtiyozlardan, afzalliklardan yoki ustunliklardan foydalanishlari mumkin emas.
Qonun e'lon qilingan kundan boshlab bir oy o'tgach kuchga kiradi.
Vazirlikda ta'kidlanganidek, ushbu hujjatning qabul qilinishi natijasida "O'zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qilish organlarida jangovar tayyorgarlik va xizmat faoliyatining samaradorligi oshadi".