minecofinuz.com

Toshkent viloyatida yosh juftlik noma'lum modda bilan zaharlanishdan vafot etdi.

Pskent tumani prokuraturasi xodimlari dastlabki tekshiruv o'tkazmoqda.

UzNews.uz

15 dekabr kuni Toshkent viloyatining Pskent tumanidagi "Birlik" mahallasida noma'lum moddadan zaharlanish natijasida yosh juftlik vafot etgani haqida UzNews.uz'ga Bosh prokuraturadan ma'lumot berildi.
Ilk xulosaga ko'ra, 29 yoshli D. R. va 27 yoshli S. A. ning o'limiga noma'lum moddadan zaharlanish, ichki organlarning venoz to'linishi, shuningdek, miyaning va o'pkalarning shishishi sabab bo'lgan.
Ushbu holat bo'yicha tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tekshiruv o'tkazilmoqda.