17 dekabr kuni soat 06:00 atrofida 209-km Saranisk – Surko'za – Ulyanovsk avtomobil yo'lida halokat natijasida O'zbekiston fuqarolari hayotdan ko'z yumdi.
Ulyanovsk viloyati IIB ma'lumotlariga ko'ra, Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo'qotib, qarama-qarshi yo'lga chiqib, «MAZ» yuk avtomobili bilan to'qnashgan.
To'qnashuv natijasida yengil avtomobilda bo'lgan besh kishi joyida olgan jarohatlaridan vafot etdi. Ularning barchasi O'zbekiston fuqarolari – A. A., 1977 y. t., J. I., 1988 y. t., K. S., 1975 y. t., K. A., 2004 y. t. va B. O., 1977 y. t.
Yuk avtomobilining haydovchisi shifoxonaga yetkazildi.
Ulyanovsk shahridagi Zasviyajsk tumani prokuraturasi hodisani o'rganishni boshladi, bu jarayon davomida sodir bo'lgan voqealar aniqlanadi va yo'l harakati xavfsizligi qonunchiligi talablariga rioya etilishi baholanadi.
Ushbu holat O'zbekistonning Qozondagi Bosh konsulligi nazoratida. Halok bo'lganlarning jasadlarini vataniga repatriatsiya qilish uchun mahalliy vakolatli organlar bilan muvofiqlashtiruvchi ish olib borilmoqda.
0