2024-yil HelloSafe Prosperity Index reytingida O'zbekiston 86-o'rinni egalladi. Mamlakat 35,3 ball to'pladi. Tojikiston 104-o'rinni (30,93 ball) egallab, Qirg'izistonni (114-o'rin, 29,36 ball) ortda qoldirdi, ammo Turkmanistonga (103-o'rin, 31,03 ball), Qozog'istonga (49-o'rin, 47,36 ball) va Rossiyaga (50-o'rin, 46,69 ball) nisbatan orqada qoldi.
HelloSafe reytingi Jahon banki va BMT Taraqqiyot dasturi ma'lumotlariga asoslanadi va mamlakatlarni oltita asosiy ko'rsatkich bo'yicha baholaydi: aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (YIM), aholi daromadlari bahosi, inson taraqqiyoti indeksi (ITI), jamiyatda daromadlar tengsizligi indikatori (Jini koeffitsienti), qashshoqlik darajasi va jamg'armalar yaratish uchun tayyorlik (qobiliyat) (xavfsizlik yostiqchasini to'ldirish).
HelloSafe farovonlik indeksi natijalari ko'rsatadiki, eng farovon o'nlikda evropa mamlakatlari ustunlik qiladi, ularning orasida lider sifatida Lyuksemburg, undan keyin Norvegiya va Irlandiya keladi.
«Ushbu reyting ushbu mamlakatlarning iqtisodiy kuchini inson rivojlanishi va daromad tengligi ko'rsatkichlari bilan birlashtirib ko'rsatadi. Qatar va Singapur birinchi beshlikda yagona evropalik bo'lmagan mamlakatlar sifatida ajralib turadi, bu ularning dinamik iqtisodiyoti va rivojlangan infratuzilmasini ko'rsatadi. AQSh va Kanada 18-o'rin va 19-o'rinni egallaydi, Fransiya esa 60,4 ball bilan yigirmalikni yakunlaydi, bu esa farovonlikning yuqori darajasini ko'rsatadi, garchi bu Shimoliy Evropa mamlakatlari va ba'zi dinamik osiyolik iqtisodiyotlarga qaraganda pastroqdir», — deydi reyting mualliflari.