Birinchi da'vogarlardan «Yilning dzudoychisi» unvoni uchun Olimpiya chempioni Diyora Keldiyorova nomzod bo'ldi. O'zbekistonlik dzudoychining Parijda Yaponiyalik Uto Abe ustidan qozongan g'alabasi «Yilning voqeasi» nominatsiyasida ham qayd etilgan.
«Bolalar uchun dzudo» nominatsiyasida O'zbekiston Dzudo Federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan «judogirls.uz» loyihasi ham mavjud.
«Yilning murabbiyi» unvoniga Marko Shpitka (O'zbekiston ayollar terma jamoasidagi faoliyati uchun) nomzod etilgan.
Shuningdek, Muhammad Jumayevning Dushanbeda bo'lib o'tgan «Katta shlem» turnirida qo'llagan usuli «Yilning eng yaxshi ipponi» uchun nomzodlar qatorida.
Ovoza berish JudoTV platformasi orqali o'tkazilmoqda va 2025 yil 10 yanvargacha davom etadi.