2025 yil bahorida birinchi CAFA Silk Way Cup klublar turniri Oʻrta Osiyo futbol federatsiyasi homiyligida oʻtkaziladi. Guruh bosqichida mintaqadagi olti davlatdan 8 ta jamoa ishtirok etadi.
Guruh bosqichiga Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Eronning bitta jamoasi chiqadi. Qolgan ikki yoʻllanma oldindan saralash bosqichida Afgʻoniston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston jamoalari oʻrtasida oʻynaladi.
Saralash bosqichi mart oyida, turnir esa aprel oyida boʻlib oʻtadi. Ishtirokchilar va oʻtkaziladigan joy hozircha nomaʼlum.