Qirg'iziston rahbari Nazarbekovning madaniy aloqalar rivojiga va davlatlar o'rtasidagi do'stlikni mustahkamlashga qo'shgan katta hissasini ta'kidlab o'tdi.
"Sizning ijodiy yo'lingiz ko'pchilikni ilhomlantirmoqda. 15 dekabrda Toktogul Satylganov nomidagi Qirg'iziston Milliy Filarmoniyasida bo'lib o'tadigan sizning ishtirokingizdagi musiqiy kecha bizning umumiy madaniy hamjihatligimizning yana bir yorqin namunasiga aylanadi", – dedi Japarov.
Madaniyat vaziri o'z navbatida ko'rsatilgan e'tibor va uning faoliyatiga yuqori baho berilgani uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi.
Eslatib o'tamiz, sentyabrda Shavkat Mirziyoyev Qirg'izistondan dirijyor Nuru Omurbaev va musiqachi Zokirbek Duyshonbek Uuliga faxriy unvonlar berdi.