Ular Xitoy va Yaqin Sharq hududlarida yashagan o'rta asrlarning turli madaniyatlariga tegishlidir.
Ayniqsa, yaxshi holatda bo'lgan ipak parchalarining topilishi juda qadrli bo'ldi. So'nggi 38 yil ichida bu Farg'ona vodiysida to'qimachilikning rivojlanish tarixi haqida ma'lumot beruvchi birinchi topilma.
Ushbu yodgorlikda birgalikda qazish ishlari 2012 yildan beri olib borilmoqda. Ular mintaqaning Sharq va G'arb o'rtasidagi madaniy va iqtisodiy almashuvdagi rolini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
Arxeologlar Mingtepa Farg'ona vodiysidagi eng katta shahar bo'lgan deb taxmin qilmoqdalar. Bundan tashqari, u qadimiy savdo tizimining muhim tuguni sifatida xizmat qilgan. Topilmalar uning Ipak yo'lidagi muhim markaz sifatidagi ahamiyatini tasdiqlaydi.
Eslatib o'tamiz, oktyabr oyining oxirida Termiz arxeologiya muzeyida O'zbekiston-Xitoy qo'shma ekspeditsiyasi tomonidan Surxondaryo viloyatidagi arxeologik yodgorliklarda olib borilgan barcha topilmalar birinchi marta namoyish etildi. Qurol, maishiy buyumlar, xudolar figurkalari va boshqa tosh, keramika va bronzadan yasalgan predmetlar - jami mingdan ortiq noyob eksponatlar taqdim etildi.